Ozodbek Nazarbekov
  • Loyiha
    • Tez kunda...
  • Bosh sahifa
  • Diskografiya
  • Video
  • Market
  • Yutuqlar
  • Tarjimai hol
slider
  • Tarjimai hol

Ozodbek Nazarbekov

Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974-yil 7-mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan.

1994 yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan.

2002 yildan buyon "O'zbeknavo" estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.

Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar" deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005-yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen" deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17 aprel kunlari "Sening darding...", 2007-yil 7-14 aprelda "Diydor shirin", 2008-yil aprelda "Jondan aziz", 1-2-3-4 avgustda "Yaprog'imiz azim chinorning", 2009-yil 4-24 aprelda "Mushtarak manzil", 2010-yil 5-23 aprel kunlari "Qadamlar hikmati" deb nomlangan konsert dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi.

Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk to'plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at oliygohining talabasi bo'ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

2007-yil Oliy mukofotlardan biri "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu yurtning yuksak mukofoti "O'zbekiston Xalq artisti" unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil ìusiqa va tele video àsarlari nominasiyasi "M&TVA 2010" taqdimotining "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" mukofotini qo'lga kiritdi.

Har bir kun sizlarga ham kutilmagan omadlarni olib kelsin. Hamisha baxtimga omon bo'linglar, aziz muxlislarim!


  • Telegram

© Ozodbekm.uz
Barcha huquqlar himoyalangan.

MUZ.UZ - Musiqa javoni